IIV ishchi guruhi IIV Surxondaryo akademik litseyida targ‘ibot tadbirini o‘tkazdi
Joriy yilning 1-fevral kuni IIV Surxondaryo akademik litseyida IIV Malaka oshrish instituti bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik S.Irnazarov va IIV Malaka oshirish instituti maxsus kafedra katta o‘qituvchisi M.Achilovlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvar kunidagi "Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-10-sonli qarorining mazmun-mohiyati akademik litsey o‘quvchilariga yetkazilib, unda Ichki ishlar organlari tizimiga kiritilayotgan o‘zgarishlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni “ta’lim muassasasidan – xizmatning oxiriga qadar” tamoyili asosida tizimli va uzluksiz tashkil etilganligi, IIV akademik litseylari bitiruvchilari uchun IIV Akademiyasida bakalavriatning “Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” va “Tezkor qidiruv faoliyati” ta’lim yo‘nalishlariga, to‘lov-kontrakt asosida 200 nafargacha qo‘shimcha har yillik kvota kiritilayotganligi ta’kidlab o‘tildi.