IIV ishchi guruhlari tomonidan Muzrabot tumani IIB shaxsiy tarkibining bilim salohiyati va kasb mahoratlarini oshirish maqsadida targ‘ibot va o‘quv yig‘inlari o‘tkazildi.
Joriy yilning 16 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri huzurida Surxondaryo viloyatida olib borilgan kompleks inspektorlik tekshiruvi yakuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan tahliliy yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, Surxondaryo viloyati Termiz shahar, Muzrabot tumani IIB shaxsiy tarkibi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 fevral kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy nizomlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-23-son farmoni hamda Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya va Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa manfaatdor vazirlik xamda idoralar o‘rtasida 2025 yil 20 may kunidagi tegishli qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Saf nizomi mazmun mohiyati va unda keltirilgan vazifalar tushuntirib o‘tildi.
Shuningdek, shaxsiy
tarkibning jangovar va saf tayyorgarligi, o‘qotar qurollardan, maxsus vositalardan
foydalanish ko‘nikmalarini hamda jangovar tayyorgarligini yanada oshirish, maxsus
vositalarni mohirona qo‘llash ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida maxsus-taktik
o‘quv mashg‘ulotlari ham o‘tkazilmoqda.
Bu boradagi targ‘ibot va o‘quv yig‘inlari viloyat barcha tuman-shahar IIBlari davom ettirilmoqda.