IIV ishchi guruhlari tomonidan Termiz tumani IIB shaxsiy tarkibining bilim salohiyati va kasb mahoratlarini oshirishga qaratilgan targ‘ibot hamda o‘quv yig‘inlari o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri huzurida Surxondaryo viloyatida olib borilgan kompleks inspektorlik tekshiruvi yakuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan tahliliy yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, Termiz tumani IIB shaxsiy tarkibi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 fevral kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy nizomlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-23-son farmoni hamda Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya va Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa manfaatdor vazirlik xamda idoralar o‘rtasida 2025 yil 20 may kunidagi tegishli qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Saf nizomi mazmun mohiyati va unda keltirilgan vazifalar tushuntirib o‘tildi.
Shuningdek, shaxsiy
tarkibning jangovar va saf tayyorgarligi, o‘qotar qurollardan, maxsus vositalardan
foydalanish ko‘nikmalarini hamda jangovar tayyorgarligini yanada oshirish, maxsus
vositalarni mohirona qo‘llash ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida maxsus-taktik
o‘quv mashg‘ulotlari ham o‘tkazilmoqda.
Bu boradagi targ‘ibot va o‘quv yig‘inlari viloyatning barcha tuman-shahar IIBlarida davom ettirilmoqda.