18 Iyun 2025 yil 548

IIV ishchi guruhlari tomonidan Angor tumani IIB shaxsiy tarkibining bilim salohiyati va kasb mahoratlarini oshirishga qaratilgan targ‘ibot hamda o‘quv yig‘inlari o‘tkazildi.

Joriy yilning 17 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri huzurida Surxondaryo viloyatida olib borilgan kompleks inspektorlik tekshiruvi yakuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan tahliliy yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, Angor tumani IIB shaxsiy tarkibi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 fevral kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy nizomlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-23-son farmoni hamda Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya va Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa manfaatdor vazirlik xamda idoralar o‘rtasida 2025 yil 20 may kunidagi tegishli qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Saf nizomi mazmun mohiyati va unda keltirilgan vazifalar tushuntirib o‘tildi.

Shuningdek, shaxsiy tarkibning jangovar va saf tayyorgarligi, o‘qotar qurollardan, maxsus vositalardan foydalanish ko‘nikmalarini hamda jangovar tayyorgarligini yanada oshirish, maxsus vositalarni mohirona qo‘llash ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari ham o‘tkazilmoqda.

Bu boradagi targ‘ibot va o‘quv yig‘inlari viloyat barcha tuman-shahar IIBlari davom ettirilmoqda.

Text to speech