17 Sentyabr 2024 yil
188
IIV ishchi guruhi tomonidan xodimlarning yashash sharoitlari o‘rganildi.
Respublika ishchi guruhining Surxondaryo viloyatidagi
o‘rganish ishlari davomida, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati sohasida faoliyat
olib borayotgan xodimlarning oilasi, ularning turmush sharoitlarini o‘rganish maqsadida,
yashash xonadonlariga borilib holidan xabar olindi. Tashrif buyurilgan xonadonlarning
muammolari o‘rganilib, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar ro‘yxati shakillantirildi.
Viloyat bo‘ylab o‘rganishlar davom etmoqda.