17 Dekabr 2023 yil
1366
IIV ishchi guruhi tomonidan Surxondaryo viloyatidagi ichki ishlar organlari boshliqlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari faoliyati o‘rganilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi
Ichki ishlar vazirligi Hay’atining 2023-yil 9-dekabr kunida o‘tkazilgan kengaytirilgan
videoselektor yig‘ilishida belgilangan chora-tadbirlarni ijrosini ta’minlash maqsadida,
IIV Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti hamda viloyat
IIBning mas’ul xodimlari bilan birgalikda shahar-tuman IIBlarida xizmat olib borayotgan
ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlarning xizmat faoliyati o‘rganildi.
Shuningdek, xodimlarning qonunchilik hamda xizmat intizomiga
rioya qilish holatlari ham o‘rganilib, ma’naviy-ma’rifiy ishlash yo‘nalishida qo‘shimcha
chora-tadbirlar belgilanmoqda.