25 Fevral 2023 yil 332

IIV Faxriylar kengashi a’zosi iste’fodagi polkovnik  Sho‘rchi va Oltinsoy tumanlarida ham bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining 2023 yil     17-fevraldagi “Kasbiy madaniyat va xizmat intizomi talablarini barcha shaxsiy tarkibga yetkazish bo‘yicha respublika targ‘ibot guruhi faoliyatini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida”gi farmoyishining ijrosini taminlash maqsadida, joriy yilning 21-24 fevral kunlari IIV Faxriylar kengashi a’zosi iste’fodagi polkovnik M.Sagatov viloyat IIB shaxsiy tarkibi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20-yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 10-son Qarorining mazmun va mohiyatini yetkazish maqsadida tashrif buyurdi.

Sho‘rchi va Oltinsoy IIB shaxsiy tarkibi hamda shu soxa faxriylari ishtirokida bo‘lib o‘tdi va unda IIV Faxriylar kengashi a’zosi iste’fodagi polkovnik M.Sagatov tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvardagi PQ–10-son Qarorining mazmun-mohiyati barcha shaxsiy tarkibga yetkazilishini ta’minlandi hamda xodimlarni chinakam vatanparvar va fidoyi, burchiga sadoqatli etib tarbiyalashda faxriylarning yordamidan samarali foydalanish kerakligi to‘g‘rsida mas’ul rahbarlarga ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

Bu kabi uchrashuvlar viloyat bo‘ylab davom ettirilishi belgilangan.

 Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech