24 May 2023 yil 216

IIV Akademiyasi magistraturasi ikkinchi darajali "tashkiliy-taktik boshqaruv" mutaxassisligi tinglovchilari ayni kunlarda Surxondaryo viloyati IIBda amaliyot o‘tashmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi magistraturasi ikkinchi darajali "tashkiliy-taktik boshqaruv" mutaxassisligi tinglovchilari amaliyot davrida hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, kriminogen vaziyatni yaxshilashga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 3-sektorlar faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq jarayonlarda bevosita faoliyat olib borishmoqda.

Tinglovchilar amaliyot davrida IIV Akademiyasida olgan bilimlarini amaliyot davomida qo‘llagan holda o‘z tajriba va malakalarini oshirmoqda.

Text to speech