31 Yanvar 2023 yil 278

IIV 3-ishchi guruhi Termiz tumani IIBda targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishdi

2023 yilning 31 yavar kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan tashkil etilgan 3-ishchi guruh a’zolari IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘i yordamchisi podpolkovnik Ilxom Axmedov, IIV MMI va KBTD Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasi katta mutaxassisi leytenant Komiljon G‘iyosiddinov, viloyat IIB MMI va KBTX boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Ulug‘bek Jo‘raevlar, Surxondaryo viloyati Termiz tumani IIB shaxsiy tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi "Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-10-sonli qarori mazmun mohiyatini yetkazish va uning ijrosiga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

tadbir davomida, ichki ishlar organlari xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan mas’ullarga murojaat qilishib, ulardan kerakli va muhim ma’lumotlar olishdi.

Text to speech