IIV 3-ishchi guruhi Boshqarma Shimoliy mintaqaviy hudud Denov tumani ichki ishlar boshqarmasida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishdi
2023 yilning 31 yavar kuni Denov va pedagogika instituti faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan tashkil etilgan 3-ishchi guruh a’zolari Malaka oshirish instituti professor o‘qituvchilari podpolkovnik M.Achilov, podpolkovnik S.Ernazarov, viloyat IIB MMI va KBTX boshlig‘i o‘rinbosari mayor Husan Nurmatov, Boshqarma Shimoliy mintaqaviy hudud Denov tumani ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari mayor Mansur Saidovlar ishtirokida, Surxondaryo viloyati IIB Shimoliy mintaqaviy hudud Denov tumani IIB shaxsiy tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi "Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-10-sonli qarorining mazmun mohiyatini yetkazish maqsadiga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Targ‘ibot tadbiri davomida, Boshqarma Shimoliy mintaqaviy hudud Denov tumani ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan mas’ullarga murojaat qilishib, ulardan kerakli ma’lumotlar olishdi hamda o‘z taklif va mulohazalarini bildirishdi.