2 Noyabr 2022 yil 366

Qidiruvdagi qumqo‘rg‘onlik shaxs Termiz shahrida qo‘lga olindi

Qumqo‘rg‘on tumanida 2021 yilning dekabr oyida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi tomonidan qidiruvda bo‘lgan, ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qo‘llanilgan, tumanning “Arslonboyli” mahallasida yashovchi, S.Jaxongir (ism shariflar o‘zgartirilgan) 25 oktabr kuni viloyat IIB xodimlari tomonidan Termiz shahrida yurganligi aniqlanib ushlangan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech