27 Yanvar 2023 yil
429
Qidiruvdagi toshkentlik ayol Denov tumanida qo‘lga olindi
Denov tumanida 2022 yil mart oyida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan qidiruvda bo‘lgan, ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qo‘llanilgan, Toshkent viloyatida yashovchi, V.Sohiba (ism shariflar o‘zgartirilgan) 2023 yil 16 yanvar kuni Denov tumani Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan tuman hududida yurganligini aniqlanib, ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati