18 Avgust 2022 yil
373
Qidiruvdagi shaxs Termiz shahrida yurganligi aniqlanib, ushlandi
Termiz shahrida 2022 yil iyul oyida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Termiz shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan qidiruvda bo‘lgan, ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qo‘llanilgan, Termiz shahar “Navro‘z” mahallasida yashovchi, Sh.Shodiyor (ism sharif o‘zgartirilgan) 7 avgust kuni Termiz shahar IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan Termiz shahri hududida yurganligi aniqlanib, ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati