2 Iyun 2023 yil
385
Qidiruvdagi firibgar Toshkent shahrida qo‘lga olindi
Uzun tumanida 2023 yil iyun oyida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida, ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan qidiruvda bo‘lgan, ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qo‘llanilgan, Denov tumani “Hayrabod” mahallasida yashovchi, A.Abror (ism sharif o‘zgartirilgan) 6 may kuni Toshkent shahrida xizmat safarida bo‘lgan viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Qidiruv ishlarini tashkil etish bo‘limi xodimi R.Berdiqulov tomonidan yashirinib yurganligi aniqlanib ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati