11 Dekabr 2024 yil
803
Qidiruvdagi shaxs qo‘lga olindi
2024 yilning 9 dekabr kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumanida joylashgan “Darband” muntazam YPX maskanida viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi 4-safarbar guruhi Yo‘l patrul xizmati inspektorlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, MIB Denov tuman bo‘limi tomonidan qidiruvda bo‘lib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan Denov tumani “Bog‘ishamol” mahallasida yashovchi, 1975-yilda tug‘ilgan Sh.T. xizmat olib borayotgan ekanligi aniqlanib ushlandi.
Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib qidiruvdagi shaxs Surxondaryo viloyati IIBga topshirilgan.