10 Oktyabr 2025 yil
106
Ichki turizmni rivojlantirish boʼyicha hamkorlik uchrashuvlari oʼtkazilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 avgust kunidagi 669-sonli Qarori talablariga muvofiq oʼquvchi yoshlarining boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazish maʼnaviy va tarixiy bilimlarini oshirish hamda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida, viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Termiz shahridagi barcha maktab va maktabgacha taʼlim muassasalari masʼul rahbarlari ishtirokida targʼibot uchrashuvi oʼtkazildi.
Oʼtkazilgan uchrashuvda, sayohat davomida
koʼrsatiladigan kuzatuv xizmatlari aks ettirilgan bukletlar tarqatilib kerakli
maʼlumotlar berib oʼtildi.