4 Aprel 2024 yil
522
Ichki turizmni rivojlantirish bo‘yicha sayohatlar amalga oshirilib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 avgust kunidagi 669-sonli Qarori talablariga
muvofiq o‘quvchi yoshlarining bo‘sh vaqtlarini
mazmunli o‘tkazish ma’naviy va tarixiy bilimlarini oshirish hamda ichki turizmni
rivojlantirish maqsadida, viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari
tomonidan viloyat hududidagi maktab o‘quvchilarini respublikaning turli viloyatlariga
sayohatlar uyushtirilib kelinmoqda.
Mazkur sayohatlar davomida,
o‘quvchilarning xavfsizliklari ta’minlanishi bilan birgalikda yurtimizdagi tarixiy
obidalar va muqaddas qadamjolar haqida kerakli ma’lumotlar berib kelinmoqda.