23 Mart 2020 yil 1048

Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlariga yangi uylar topshirildi

Termiz shahrida O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo'shinlari hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari uchun qurib bitkazilgan yangi uy-joylar foydalanishga topshirildi. Shaharning "Mehrobod" mahallasi hududida barpo etilgan besh qavatli, ikki va uch xonadondan iborat 2 ta ko'p qavatli uyga 60 nafar soha xodimlari ko'chib o'tishdi.
Tadbirda ta'kidlanganidek, barcha qulayliklarga ega bu yangi uy-joylarning barpo etilishi Prezidentimiz rahnamoligida soha xodimlarini ijtimoiy himoyalash, ularni uy-joy bilan ta'minlash va maishiy sharoitlarini yaxshilash doir doimiy e'tibor natijasidir. Yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi yo'lida sadoqat bilan xizmat qilayotgan xizmatchilar tadbirda so'z olib, o'zlariga ko'rsatilayotgan e'tibor va g'amxo'rliklardan mamnun ekanliklarini bildirishdi.
- Mazkur uy-joylar uch yil davomida 7 foiz, qolgan o'n ikki yil davomida 14 foiz kredit asosida berilmoqda, - deydi viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati boshlig'i, kapitan Farhod Toshboev. - Shuningdek, dastlabki badal mablag'lari uchun vazirlik tomonidan uzoq muddatli foizsiz qarzlar berilgani va boshqa imtiyozlar ham xodimlarimizga juda katta engillik yaratdi.
Tadbir ishtirokchilari xonadonlarda bo'lib, bu erda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi va yangi uylar sohiblari bilan muloqotda bo'ldi.
Tadbirda viloyat hokimi To'ra Bobolov ishtirok etdi.

Text to speech