3 Fevral 2021 yil 411

Ichki ishlar organlari xodimlari o'rtasida stol tennisi bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi

Joriy yilning 3 fevral kuni Surxondaryo viloyati IIB PPX va JTSB Patru-post xizmati batal'onida ichki ishlar organlari xodimlari o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida sportning "stol tennisi" turi bo'yicha o'tkazilgan musobaqa qizg'in baxslarga boy tarzda o'tdi.
Musobaqa yakuniga ko'ra, 3-o'rin viloyat IIB Kadrlar boshqarmasi xodimi katta leytenant B.Z.Qoraev, 2-o'rin viloyat IIB Moliya va moddiy texnika ta'minoti boshqarmasi xodimi safdor M.M.Shaymardanqulov egallagan bo'lsa, faxrli 1-o'rin viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimi kapitan Z.P.Raxmonqulovga nasib etdi.
Tadbir tashkilotchilari tomonidan g'olib va sovrindorlar birinchi, ikkinchi, uchinchi darajali diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.
Viloyat IIB Kadrlar boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan, ichki ishlar organlari xodimlari o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va ommaviy sportni rivojlantirish borasidagi ishlar jadallik bilan davom ettirilmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech