26 Iyul 2022 yil 400

Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida navbatdagi psixologik trening o‘tkazildi

Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati mutaxassis-psixologlari tomonidan viloyat IIBda xizmat olib borayotgan xodimlar bilan navbatdagi psixologik trening mashg‘uloti o‘tkazildi.

Trening jarayonida xodimlarning ichki potensiallarini yuzaga chiqarish va uning kuchli tomonlarini namoyon qilish, axloqiy-ruhiy tayyorgarlik darajasini oshirish, ulardagi vatanparvarlik, mardlik, jasorat singari tuyg‘ularini yanada kuchaytirish, shuningdek, hissiy zo‘riqish, stress va tushkunlik holatlarini oldini olish, favqulotda hamda ekstremal vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyatlarini shakllantirishga qaratildi.

Hozirda, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlari xodimlari hamda harbiy xizmatchilari o‘rtasida salbiy holatlarni oldini olish, ularning ruhiy salomatligini muhofaza qilish, jamoalardagi ma’naviy-ruhiy muhit barqarorligini ta’minlash, shaxsiy tarkibning xizmat sharoitlarini yaxshilash, ularning oilaviy-maishiy muammolarini o‘rganish va ijobiy hal etishda ko‘maklashish, xodimlardagi ruhiy o‘zgarishlarning sabablarini chuqur o‘rganish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tashkiliy, amaliy va tarbiyaviy profilaktik chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech