Ichki ishlar tizimida sportning voleybol turi bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasiga start berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tarkibiy va hududiy bo‘linmalari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan “Vazir kubogi” musobaqasining hududiy saralash bosqichiga start berildi.
Bellashuvlarning
“D” guruhidan o‘rin olgan jamoalar — Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi,
Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi, Qorovul qo‘shinlari hamda Jazoni ijro
etish departamentining voleybol jamoalari bo‘lib, musobaqa Surxondaryo viloyati
mezbonligida qizg‘in tarzda boshlandi.
Tadbirning
ochilish marosimida sportchilarga musobaqada omad tilab, sog‘lom turmush tarzini
targ‘ib etish, jismoniy tayyorgarlikni oshirish hamda ichki ishlar organlari xodimlari
o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashda bunday musobaqalarning ahamiyati
katta ekani ta’kidlandi.
Ayni
paytda bellashuvlar yuqori kayfiyat va sog‘lom raqobat muhitida davom etmoqda. Har
bir jamoa “Vazir kubogi”ning final bosqichiga yo‘llanma olish uchun barcha mahoratini
namoyish etmoqda.
Musobaqaning g‘olib jamoalari respublika bosqichiga yo‘llanmani oladi.