20 Avgust 2025 yil 117

Ichki ishlar organlarida “Inson qadri uchun” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Ijtimoiy himoya oyligi” doirasida patrul- post xizmati bataloni xodimlari madaniy meros obe’ktlariga sayohat qilishdi.

Ichki ishlar vazirining 2025 yil 28 iyul kunidagi 282-son hamda Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining 2025 yil 01 avgust kunidagi farmoyishlariga asosan, 1 avgust kunidan 31 avgust kuniga qadar “Inson qadri uchun!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Ijtimoiy himoya oyligi” doirasida viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Patrul- post xizmati bataloni xodimlari Termiz shahridagi Madaniyat merosi hisoblangan “O‘lkashunoslik, tarix va madaniyat muzeyi”ga sayohat qilishib, u yerdagi eksponatlar, o‘zbek madaniyati aks etgan turli eksponatlar hamda hayvonot olami bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Text to speech