Ichki ishlar organlari xodimlari bilan yakka tartibdagi psixoprofilaktik suhbatlar o‘tkazilmoqda.
Surxondaryo
viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Psixologik
ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari tomonidan fuqarolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri
muloqotda bo‘ladigan hamda maxsus vositalar bilan xizmat olib boradigan xodimlarning
xizmat faoliyatini o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, xodimlarning
xizmat samaradorligini oshirish va shaxsiy tarkib o‘rtasida sog‘lom ma’naviy-ruhiy
muhit barqarorligini ta’minlash, xodimlarning individual-psixologik xususiyatlarini
o‘rganish maqsadida xodimlar bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazildi.
Bunda asosiy e’tibor, Ichki ishlar
organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida salbiy holatlar kelib chiqishining oldini olish,
ularning salomatligini muhofaza qilish, jamoalardagi ma’naviy-ruhiy muhit barqarorligini
ta’minlash, shaxsiy tarkibning xizmat sharoitlarini yaxshilash, ularning oilaviy-maishiy
muammolarini o‘rganish va ijobiy hal etishda ko‘maklashish borasida amalga oshirilishi
lozim bo‘lgan tashkiliy, amaliy va tarbiyaviy profilaktik chora-tadbirlarga qaratildi.