Ichki ishlar organlari xodimlari bilan psixologik trening mashg‘ulotlari davom ettirilmoqda.
Surxondaryo viloyati
IIB boshlig‘ining tegishli farmoyishiga asosan,
joriy yilning 11 sentabr kunidan Sariosiyo tumanida joylashgan harbiy qism
bazasida viloyat IIB tarkibida xizmat olib borayotgan xodimlar bilan o‘quv mashg‘ulotlari
o‘tkazilmoqda.
Mazkur o‘quv yig‘iniga
jalb etilgan viloyat ichki ishlar organlari tarkibida xizmat olib borayotgan xodimlarga
viloyat ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash
xizmati mutaxassis-psixologlari va Sariosiyo tumani xalq ta’limi bo‘limi xodimlari
bilan hamkorlikda o‘quv jarayoniga jalb etilgan xodimlar bilan psixologik-trening
mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda. Shuningdek, o‘quv jarayonlarida fuqarolarning ruhiy
va jismoniy holati hamda shaxslarning jins va yosh toifasidan kelib chiqib professional-ekspressiv
harakatlar bilan samarali muloqotga kirishish, agressiyani qo‘zg‘atuvchi muomala
va nokasbiy jestlardan tiyilish” yuzasidan kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berilmoqda.