22 Mart 2024 yil 360

Xorijiy tillarni o‘rganayotgan termizlik yoshlarga sayohat tashkil etildi

Termiz shahar IIB boshlig‘i 3 sektor rahbari podpolkovnik O‘.R.Shukurovga biriktirilgan yoshlarni xorijiy tillargan o‘rgatish maqsadida Termiz shahridagi 7 sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Yapon tilini o‘rganishga ixtisoslashgan sinf tashkil etilgan.

Ushbu ta’lim dargohida yapon tili va madaniyatini chuqur o‘zlashtirayotgan yoshlarni yanada o‘z ustilarida ishlashga bilim saviyalarini o‘stirishga qiziqtirish maqsadida, Sho‘rchi tumanida joylashgan Kushon hukumdorligi markazi bo‘lgan Dalvarzintepa majmuasiga sayohat tashkil etildi.

Ushbu maskanda Yapon madaniyati aks etgan muzeydagi eksponatlar bilan tanishib, o‘quvchilar bir olam taassurotlarga ega bo‘lishdi.

Text to speech