26 May 2025 yil 525

Xodimlar sportning “Yengil atletika” yo‘nalishi bo‘yicha bellashdi

Termiz shahridagi "Alpomish" o‘yingohida Surxondaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari o‘rtasida sportning yengil atletika turi bo‘yicha "Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i kubogi" musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Unda barcha shahar va tumanlardan jami 80 nafar xodimlar ishtirok etib, yengil atletika turlari bo‘yicha o‘zlarining mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Musobaqa jarayonida ishtirokchilarning 100 metr va 3 kilometr musofaga belgilangan vaqt oralig‘ida yetib kelish, shuningdek, uzunlikka sakrash yo‘nalishlarida jismoniy harakatlari baholanib borildi.

Yakunda har bir yo‘nalish turlari bilan birga umumjamoa hisobida yuksak natijalar bilan faollik ko‘rsatgan musobaqa g‘oliblari ham aniqlandi. Unga ko‘ra 3-o‘rinni Sariosiyo tumani Qo‘riqlash bo‘limi jamoasi egallagan bo‘lsa, 2-o‘rin Jarqo‘rg‘on tumani Qo‘riqlash bo‘limi xodimlariga nasib etdi. Faxrli 1-o‘rinni esa Boysun tumani Qo‘riqlash bo‘limi jamoasi qo‘lga kiritdi.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari boshqarma boshlig‘i kubogi, diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan munosib taqdirlandi.

Text to speech