14 Noyabr 2024 yil 482

“Xodim psixolog huzuriga emas-psixolog xodim huzuriga” tamoyili asosida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tarkibida xizmat qilayotgan xodimlarning oilasi, ularning turmush sharoitlari o‘rganildi.

Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari tomonidan “Xodim psixolog huzuriga emas-psixolog xodim huzuriga” tamoyili asosida, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tarkibida xizmat qilayotgan xodimlarning oilasi, ularning turmush sharoitlarini o‘rganish maqsadida, yashash xonadonlariga borilib, ularning holidan xabar olindi. Tashrif buyurilgan xonadonlarning muammolari o‘rganilib, xodimlar va ularnnig oila a’zolari bilan psixologik suhbatlar o‘tkazilib, ularga kerakli va zarur bo‘lgan tavsiya hamda maslahatlar berildi.

Bunda asosiy e’tibor mutaxassis-psixologlar tomonidan xodimalarning oilasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldini olishga qaratildi.

Text to speech