“Xodim psixolog huzuriga emas-psixolog xodim huzuriga” tamoyili asosida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tarkibida xizmat qilayotgan xodimlarning oilasi, ularning turmush sharoitlari o‘rganildi.
Surxondaryo viloyati
IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati ma’naviy-ma’rifiy
ishlar bo‘limi psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari “Xodim psixolog
huzuriga emas-psixolog xodim huzuriga” tamoyili asosida, Surxondaryo viloyati Ichki
ishlar boshqarmasi tarkibida xizmat qilayotgan xodimlarning oilasi, ularning turmush
sharoitlarini o‘rganish maqsadida, yashash xonadonlariga borilib holidan xabar olindi.
Tashrif buyurilgan xonadonlarning muammolari o‘rganilib, xodimlar va ularnnig oila
a’zolari bilan psixologik suhbatlar o‘tkazildi.
Bunda asosiy e’tibor
mutaxassis-psixologlar tomonidan xodimalarning oilasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan
muammolarni oldini olishga qaratildi.
Bu kabi chora-tadbirlar
doimiy ravishda Surxondaryo viloyati IIBning mutaxassislari tomonidan, xodimlar
bilan psixologik trening va uchrashuvlar ko‘rinishida tashkil qilinib, kerakli va
zarur bo‘lgan tavsiya hamda maslahatlar berib borilmoqda.