18 May 2022 yil
678
Haydovchilik guvohnomasini olib berish uchun 2 million so‘m pullarni tamagirlik yo‘li bilan olgan fuqaro qo‘lga olindi
Surxondaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan olingan tezkor ma’lumotga hamda Jarqo‘rg‘on tumani “Eskiqishloq” mahallasida yashovchi fuqaro I.Rustamova (ism-shariflari o‘zgartirilgan) joriy yilning 21 aprel kuni viloyat IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida, 2022 yilning aprel oyi Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan "Vatanparvar" avtomaktabida to‘lov asosida o‘qiganligi, ammo hozirgi kunga qadar haydovchilik guvohnomasini olmaganligi, Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan “Muxiddin” ismli fuqaro unga haydovchilik guvohnomasini olish uchun topshiriladigan imtihondan a’lo baholarga o‘tkazib, haydovchilik guvohnomasini olib beradigan “Xasan” ismli tanishi borligini aytganligi, ushbu tanishi orqali haydovchilik guvohnomasini osongina uning avtomaktabidan olib berishini ma’lum qilgan, shunda fuqaro “Muxiddin” ushbu ish uchun jami bo‘ladigan xarajatlari taxminan 2.000.000 (ikki million) so‘m bo‘lishini, ushbu pullarni bersa, imtihon natijalaridan qat’iy nazar haydovchilik guvohnomasini olishini aytgan, shundan so‘ng fuqaro I.Rustamova firibgarlar qo‘liga tushib qolmaslik uchun “Muxiddin” va uning sherigi “Xasan”larning harakatlari noqonuniy ekanligini bilib, tamagirlik maqsadida pul talab qilayotgan shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishini so‘rab murojaat qilgan.
Arizaga asosan, joriy yilning 25 aprel kuni Surxondaryo viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro X.Muxiddin Jarqo‘rg‘on tumanida joylashagan “Shivaki” savdo do‘koni oldida ariza muallifi I.Rustamovadan talab qilingan 2.000.000 (ikki million) so‘m kimyoviy ishlov berilgan pullarni sanab olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, holat protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan 2022 yilning 17 may kuni Jarqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan X.Muxiddinga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati