2 Avgust 2025 yil
665
“Xavfsiz va sog‘lom yurt” profilaktika oyligi doirasida ish yarmarkasi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi miqyosida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” profilaktik oyligi doirasida Qiziriq tumani IIB JXX Probatsiya guruhi tomonidan, jazo muddatini o‘tayotgan nazorat ostidagi shaxslarni bandligini ta’minlash maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Shu maqsadda, Qiziriq tuman Kambag‘allikni qisqartirish
va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘limi, tuman Adliya bo‘limi hamda Maktabgacha
va maktab ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda “Ishga marhamat” mehnat yarmarkasi tashkil
etildi.
Tadbir davomida Probatsiya nazoratida bo‘lgan fuqarolar
tumanda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirildi.
Natijada, Probatsiya nazoratida bo‘lgan 2 nafar shaxs doimiy ish bilan band qilindi.