Xavfsiz va sog‘lom yurt: Muzrabot tumanida Probatsiya nazoratidagi fuqarolar bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi
Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yil 15-iyuldan 15-avgustga qadar mamlakatimiz bo‘ylab “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlarining ikkinchi bosqichi o‘tkazilmoqda.
Mazkur oylik doirasida bugun Muzrabot tuman ichki ishlar
bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan Probatsiya guruhi nazoratida bo‘lganlar bilan
navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda tuman prokurori Islombek Xo‘jamurodov, tuman IIB
boshlig‘i O‘tkir Shukurovlar ishtirok etib, huquqbuzarliklarning oldini olish, jamiyatga
moslashishda muammolarga duch kelayotgan fuqarolarga ko‘maklashish, kasb-hunarga
o‘rgatish va ish bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, hisobdagi fuqarolarning sog‘lom turmush tarziga qaytishi va ijtimoiy hayotga faol qo‘shilishi yo‘lida zarur chora-tadbirlar belgilandi.