20 Aprel 2024 yil
437
"Xavfsiz yo‘l xavfsiz piyoda 2024"
Surxondaryo viloyati
IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi rahbariyati
Angor tumani "Bahoriston" mahallasida istiqomat qiluvchi haydovchilar
bilan uchrashib, yo‘l transport hodisalarining oldini olishda harakat ishtirokchilarining
roli, harakatlanish madaniyati haqida tushunchalar berdi.
Shuningdek, 30 yoshgacha
bo‘lgan haydovchilar tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar muhokamasida ushbu
mahallada istiqomat qiluvchi 3 nafar muntazam qoidabuzar fuqarolar bilan profilaktik
ishlar olib borish uchun hududga biriktirilgan YPX xodimi va profilaktika inspetoriga
tegishli topshiriqlar berildi.