28 May 2020 yil 689

Hamkorlik - tinchlik va osoyishtalikni ta'minlashga qaratilgan

Surxondaryo viloyatida mahallalardagi jinoyat va huquqbuzarlikni oldini olish, aholining mavjud muammolarini bartaraf etish, hudud tinchligi va osoyishtaligini ta'minlash maqsadida ichki ishlar, Milliy gvardiya hamda mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash boshqarmalari hamkorligidagi aniq chora-tadbirlar belgilab olingan bo'lib, bu boradagi ishlar tizimli ravishda tashkil etilib kelinmoqda.
Termiz shahrida tashkil etilgan tadbirda ham mazkur yo'nalishda bajarilishi lozim bo'lgan jihatlar atroflicha muhokama etildi - deydi viloyat ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari podpolkovnik S.Kattaeva,- bunda Milliy gvardiyaning ayol harbiy xizmatchilari, ichki ishlar bo'limlarining xotin-qizlar masalalari bo'yicha inspektorlari, hudud profilaktika inspektorlari hamda mahalla fuqarolar yig'ini vakillaridan iborat ishchi guruh oldidagi muhim vazifalar belgilab olindi.
Bundan ko'zlangan asosiy maqsad esa joylardagi kreminogen vaziyatni yaxshilash, oilaviy ajrimlarning oldini olish, ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, uyma-uy yurish asnosida aholining yashash sharoitlarini o'rganib, aniqlangan muammolarni ijobiy hal etishga qaratilgandir.

Text to speech