26 Sentyabr 2020 yil 715

GUGURT QUTILARDAGI SIR

2020 yilning 21 sentyabr kuni, "qora-dori-2020" profilaktik tezkor tadbirining 2-bosqichi davomida Denov tuman IIO FMB JQB xodimlari tomonidan o'tkazilgan faol tezkor tadbir jarayonida katta miqdordagi giyohvand moddasi topildi.
Tumandagi "Daxana" mahallasida yashovchi Sh.X.ning yashash uyi va yordamchi xo'jaliklari ko'zdan kechirish vaqtida, yashash uyining tomorqasida 6 (olti) tup "nasha" giyohvandlik o'simligini ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlandi. Shuningdek, yashash uyi xonasi yashirib qo'yilgan 800 (sakkiz yuz) dona "spichki" yozuvli qutida va plastmassa idishlarga joylashtirilgan sof vazni 5 (besh) kg 800 (sakkiz yuz) gramm quritilgan "marixuanna" giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Denov tumani IIO FMB JQB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech