Gripp va yuqori nafas yo‘llarining boshqa o‘tkir respirator kasalliklari
Gripp o‘tkir yuqumli virusli kasallik
bo‘lib yuqori nafas yo‘llarini zaharlanishi bilan harakterlanadi.
Gripp kasalligiga mavsumiylik
xos, asosan kuz-qish-bahor oylariga to‘g‘ri keladi. Ushbu mavsumlarda kasallikning
ortishiga havo haroratining pasayishi, yuqori nafas yo‘llarining yallig‘lanish kasalliklarining
ko‘pligi, organizmdagi vitaminlar tanqisligi, xonalardagi odamlar zich yashashi
sabab bo‘ladi.
Gripp viruslarni tarqatuvchi asosiy
manbai gripp bilan kasallangan bemor odam bo‘lib, u kasallikning 2-3 kunlarida atrofidagilar
uchun juda xafli bo‘ladi. Kasallik ko‘pincha xavo-tomchi yo‘li bilan yuqadi. Bemor
aksa urganda, yo‘talganda, gaplashganda so‘lak tomchilari bilan gripp viruslarini
atrof-muxitga tarqatadi.
Gripp bilan barcha yoshdagi kishilar
kasallanadi, ayniqsa zaif (nimjon) bolalar, keksa yoshdagi kishilar, homladorlik
hamda surunkali xastaliklari bo‘lgan hamda tamaki chekuvchi shaxslarga tez yuqadi
va ularda og‘rib o‘tib, ko‘pgina og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin.
Kasallik et uvishishi, tana haroratining
(39-40 0S gacha) ko‘tarilishi, bosh og‘rig‘i, mushaklardagi og‘riqlar
bilan boshlanadi. Keyinchalik tanglay murtaklarni qizarishi, bosh aylanishi, ishtahasizlik,
burun bitishi, og‘riqli yo‘tal kuzatiladi.
Bu holat 2-7 kungacha davom etib, davo muolajalari hamda yaxshi parvarish qilinsa,
bemor o‘zini yaxshi his qila boshlaydi.
Xalq orasida grippning o‘zi emas,
balki uning asorati yomon degan fikr bejiz aytilmagan. Ba’zilar gripp kasalligiga
e’tiborsizlik bilan qaraydilar, ya’ni oyoqda yurib o‘tkazadilar yoki o‘z bilganicha
noto‘g‘ri davo muolajalarini qiladilar. Bunday
holatlarda kasallikning asoratlanishi:
O‘pka to‘qimalarni yallig‘lanishi (Zotiljam),
Miya pardasining
yallig‘lanishi (Meningit),
Miya pardasini va moddasining yallig‘lanishi
(Meningoensefalit),
Quloqning yallig‘lanishi
(Otit),
Burun yondosh bo‘shliqlarning yallig‘lanishi (Sinusit)
kabi og‘ir asoratlar kuzatiladi.
Kasallikni oldini olish choralari:
ü
Uyushgan jamoalarda
(maktab, konsert zallari, ish joylari, kinoteatrlar, umumiy transport vositalari)
4 qavatli dokadan tikilgan niqobda yurish tavsiya qilinadi. Yashash xonalarini
vaqti-vaqti bilan shamollatib, isiriq tutatib turish kerak bo‘ladi;
ü
Ko‘proq ochiq havoda sayr qilish;
ü
Grippga qarshi vaksina bilan emlash,
ü
Gripp kasalligiga qabul qilinadigan davo muolajalari
faqat shifokor tavsiyasiga ko‘ra bo‘lishi kerak,
ü Oilada biror
kishida gripp kasalligiga shubha bo‘lganda uni ishga, maktabga, maktabgacha
ta’lim-tarbiya muassasalariga, jamoat joylarga yubormaslik. Bemorni atrofdagilardan aloxidalash,
ü
Yashash xonalari vaqti-vaqti bilan shamollatish,
isiriq tutatish tavsiya etiladi,
ü Har bir shaxs kun tartibiga rioya qilish, harakatli mashqlar,
tanani quyoshda toblash, suv muolajalari bilan tanani muntazam
ravishda chiniqtirish,
ü Alloh tomonidan yaratib qo‘yilgan pishiqchilik mavsumlaridagi
meva va sabzavotlardan vaqtida ko‘proq-ko‘proq
iste’mol qilib turish,
ü Mavsumga mos kiyinish,
ü Gripp kasalligi bilan kasallangan bemorlarga va sog‘lom
insonlarga suyuqliklar (malina, smarodina, limon va asal qo‘shilgan choy, issiq sut, na’matak damlamasi
ichish tavsiya etiladi.
Kundalik turmushda yuqorida aytib o‘tilgan tavsiyalarga amal qilinsa,
har birimiz gripp kasalligini oldini olishda
o‘z hissamizni qo‘shgan
bo‘lamiz va o‘zimizni hamda atrofdagi hamyurtlarimizni gripp hamda yuqori nafas yo‘llarining
o‘tkir respirator xastaliklaridan asragan bo‘lamiz.