12 Yanvar 2021 yil 601

G'oliblar taqdirlandi

Termiz shahridagi harbiy qismda "Amir Temur o'g'lonlari" va "Jaloliddin Manguberdi vorislari" ko'rik-tanlovida g'olib bo'lganlarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Unda viloyat hokimi T.Bobolov hamda viloyat IIB boshlig'i, polkovnik A.Ismoilov va boshqa tuzilma rahbarlari ishtirok etdi.
Ular orasida viloyat IIB xodimlari ham borligi quvonarli.
— "Baxshichilik va dostonchilik san'ati yo'nalishi"da faxrli 2-o'rinni egalladim, — deydi ichki ishlar vazirligi maxsus operasiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo'yicha maxsus otryadi katta mutaxassisi, mayor Jo'rabek Xo'jaqulov. — 7 million so'm pul mablag'i bilan taqdirlandim. Bundan juda xursandman.
— "Ot minish mahorati yo'nalishi"da menga 3 o'rin nasib
etdi, — deydi Jarqo'rg'on tumani IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'linmasi tayanch punktlari profilaktika inspektori, leytenant Ikrom Mamatmo'minov. — Nasib etsa keyingi tanlovlarda bundanda yuqori natijalarni qayd etishga harakat qilaman.
G'oliblarga 1-o'rin uchun 10 million, 2-o'rin uchun 7 million, 3-o'rin uchun esa 5 million so'mdan pul mukofotlari, diplom, kubok hamda "Alpomish" dostoni va Surxondaryo viloyati kitobi bilan taqdirlanishdi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech