Fuqarolikka qabul qilish bo'yicha muammolar ko'rib chiqildi
Joriy yilning 30 yanvar kuni Surxondaryo viloyati IIB migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasida O'zbekiston Respublikasi IIV Mvafrb mas'ul xodimi, ma'muriy ishlar bo'yicha Surxondaryo viloyati sudining mas'ul xodimlari, viloyat IIB rahbariyati, migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda uning quyi tizimlari rahbar xodimlari ishtirokida seminar bo'lib o'tdi.
Unda O'zbekiston Respublikasining 13.03.2020 yildagi "O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g'risida"gi Qonunning 6-moddasiga asosan, 1995 yil 1 yanvarga qadar O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy ro'yxatdan o'tgan, lekin ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatlari mavjud bo'lmagan fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni doimiy ro'yxatdan o'tganlik faktini Qonunning 5-moddasiga ko'ra sud tartibida aniqlash borasida yuzaga kelayotgan muammolarni echimini topish masalasi muhokama qilindi.
Ma'lumot o'rnida aytish kerakki, 2020 yilning aprel holatiga ko'ra viloyat bo'yicha jami 17668 nafar fuqaroligi bo'lmagan shaxslar doimiy ro'yxatdan o'tib yashab kelayotgan bo'lib, shundan 1995 yil 1 yanvar kuniga qadar doimiy ro'yxatdan o'tib yashab kelayotgan fuqaroligi bo'lmagan shaxslar soni 8837 nafarni tashkil etardi.
O'zbekiston Respublikasining 13.03.2020 yildagi "O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi" to'g'risidagi O'RQ-610-sonli Qonuni kuchga kirgach jami 5401 nafar fuqaroligi bo'lmagan shaxslar O'zbekiston Respublikasi fuqaroligiga tan olish bo'yicha murojaat qilgan bo'lib, shundan 4361 nafar fuqaroligi bo'lmagan shaxslar O'zbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olindi.
Hozirgi kunga viloyatimizda 13864 nafar fuqaroligi bo'lmagan shaxslar bo'lib, ular xar xil muddatlarda respublikamizga kelib ro'yxatdan o'tishgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 dekabr kunidagi Oliy Majlisga yo'llagan murojaatnomasida, 2005 yil 1 yanvar kuniga qadar O'zbekiston Respublikasi hududiga ko'chib kelib, doimiy ro'yxatdan o'tib yashab kelayotgan fuqaroligi yo'q shaxslarga O'zbekiston Respublikasi fuqaroligi berilishi bo'yicha aytib o'tdi.
Viloyatimiz hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni hujjatlari o'rganilganda, 2005 yil 1 yanvar kuniga qadar doimiy ro'yxatdan o'tgan mazkur shaxslarni ro'yxatlari shakllantirilib, hozirda ularni ham fuqarolikka qabul qilish bo'yicha amaliy choralar ko'rilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati