7 Noyabr 2022 yil 423

Firibgarlik jinoyatini sodir qilib, qidiruvda yurgan ayol qo‘lga olindi

Termiz tumanida 2022 yil iyul oyida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida, ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan qidiruvda bo‘lgan, ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qo‘llanilgan, tumanning “Yangi ariq” mahallasida yashovchi, Sh.Oysara (ism shariflar o‘zgartirilgan) 29 oktabr kuni viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Termiz shahrida yashirinib yurganligi aniqlanib ushlangan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech