5 May 2022 yil 423

Firibgarlik jinoyatini sodir qilib, qidiruvda bo‘lgan ayol Termiz shahrida qo‘lga olindi

Termiz tumanida 2022 yil fevral oyida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan qidiruvda bo‘lgan, ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qo‘llanilgan, shu tumanda yashovchi, V.Vazira (ism sharif o‘zgartirilgan) 19 aprel kuni, viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Termiz shahar hududida yurganligi aniqlanib, ushlangan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech