28 Dekabr 2021 yil
438
Firibgarlik jinoyatini sodir qilib, qidiruvda bo'lgan shaxs qo'lga olindi
Sho'rchi tumanida 2021 yil sentabr oyida, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismida, ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, tumani IIB huzuridagi tergov bo'linmasi tomonidan qidiruvda bo'lgan, ehtiyot chorasi sifatida "qamoq" qo'llanilgan, uzun tumani "Xursand" mahallasida yashovchi, K.Erkin (ism sharif o'zgartirilgan) 14 dekabr kuni, viloyat IIB transportda jamoat xavfsizligini ta'minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan tuman hududida yurganligi aniqlanib ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati