15 Sentyabr 2021 yil
384
Firibgarlik jinoyatini sodir etib qidiruvda bo'lgan shaxs Oltinsoyda qo'lga olindi
Oltinsoy tumanida 2021 yil iyul oyida, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida, ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Toshkent shahar Chilonzor tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan qidiruvda bo'lgan, ehtiyot chorasi sifatida "qamoq" qo'llanilgan, tumanning "Ipoq" mahallasida yashovchi, E.Asomiddin tuman IIB Jinoyat qidiruv bo'limi hamda patrul-post xizmati xodimlari tomonidan tuman hududida yashirinib yurganligi aniqlanib ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati