Firibgar tezkor tadbirda qo'lga olindi
Termiz shahrida 2020 yilning 27 iyun kuni shaharning "ma'rifat" mahallasida yashovchi, X.S. Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, shaharning "Navro'z" mahallasida yashovchi, g.N. unga 500.000 (besh yuz ming) so'm pul evaziga hokimiyat organlari orqali transport vositasiga viloyatlararo harakatlanish uchun stiker rasmiylashtirib berishni va'da qilganligini bildirgan. Mazkur murojaat yuzasidan shu kunning o'zida taxminan soat 16.00 lar chamasida, viloyat ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o'tkaziladi. O'tkazilgan tezkor tadbir davomida, g.N., X.S.dan ushbu va'da qilingan 500.000 (besh yuz ming) so'm pullarni olayotgan vaqtida ushlanadi va undan ashyoviy dalil olinadi. Karantin davrida o'zgalarning ishonchiga kirib aldov yo'li bilan firibgarlik jinoyatini sodir qilgan g.N.ga nisbatan 11 iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati