21 Iyul 2021 yil 562

Firibgar qo'y-qo'zilarning pullarini o'zlashtirib ketdi

Boysun tumanida 2021 yil 15 iyun kuni tumanning "Shifobuloq" mahallasida yashovchilar, N.MATLAB va Sh.Abdilar tuman IIBga ariza bilan murojaat qilishib, unda 2020 yil aprel oylarida, tanishi tumanning "Ariqusti" mahallasida yashovchi, X.Sharof ularning ishonchiga kirib Sh.Abdining 1 bosh xo'kizini 10.800.000 (o'n million sakkiz yuz ming) so'mga va N.Matlubning 1 bosh qo'yini 1.150.000 (bir million bir yuz ellik ming) so'm va 15 bosh qo'zilarini 17.250.000 (o'n etti million ikki yuz ellik ming) so'm pulga hisoblab olib, pullarini o'zining ehtiyojlariga ishlatib yuborganligini bildirgan. 6 iyul kuni X.Sharofga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech