4 Noyabr 2021 yil 452

Firibgar o'zini "departament xodimi"- deya, tanishtirgan

Termiz tumanida 2021 yil 24 sentabr kuni tumanning "M.Eshtemirov" mahallasida yashovchi, S.Sunbula tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda, Termiz shahar "Do'stlik" mahallasida yashovchi, I.Botir (ism shariflar o'zgartirilgan) o'zini "departament xodimi"- deb, tanishtirib aldab ishonchiga kirib, joriy yilning 24 aprel kuni hunarmandchilik qilish uchun tuman bankidan 30 000 000 (o'ttiz million) so'm kredit chiqartirib, ushbu kredit pulini o'zlashtirib ketganligini ma'lum qilgan. 19 oktabr kuni I.Botirga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech