2 Aprel 2021 yil 577

Firibgar o'qishga kiritishni va'da qildi

Termiz shahrida 2021 yilning 19 mart kuni, Qumqo'rg'on tumani "M.Qoraboev" mahallasida yashovchi, A.T. va Sherobod tumani "G'ambur" mahallasida yashovchi, M.H. ismli ayol shahar IIBga ariza bilan murojaat qilishib, unda shaharning "Bog'ishamol" mahallasida yashovchi, K.X. ularning ishonchiga kirib, "Termiz Davlat universitetiga o'qishga kiritaman"- deb, 2018 yil oktyabr oyida, T.A.dan 5.500 (besh ming besh yuz) AQSh dollari va 2019 yil yanvar oyida, M.H. ismli ayoldan 2.000 (ikki ming) AQSh dollarini olib, o'zlashtirib ketganligini bildirgan. 25 mart kuni firibgarlik yo'li bilan moddiy manfaat ko'rish maqsadida ushbu jinoyatni sodir etgan K.X.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qism "b" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech