Firibgar mulk egasini chuv tushirdi
Termiz shahrida 2022 yil 30 dekabr kuni shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limining xabariga ko‘ra, Termiz shaharida yashovchi, I.Kamol (ism shariflar o‘zgartirilgan) 2022 yil may oyida, Termiz tumanida yashovchi, S.Salim bilan tanishib, unga tegishli bo‘lgan, Termiz shahri joylashgan 2-qavatli savdo binosini 840.000.000 (sakkiz yuz qirq million) so‘mga savdolashib, pullarini 2022 yil sentabr oyiga qadar to‘liq qilib berishga aytib, boshidan 50.000.000 (ellik million) so‘mini berib, 2 qavatli savdo binosini turmish o‘rtog‘i, J.Jamilaning nomiga uch tomonlama realtorlik tashkiloti asosida shartnoma asosida rasmiylashtirib olib, ushbu 2 qavatli bino uchun berilish kerak bo‘lgan 790.000.000 (yetti yuz to‘qson million) so‘m pul mablag‘larini bermasdan kelayotganligi aniqlangan. 30 dekabr kuni I.Kamolga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati