31 Iyul 2021 yil 450

Firibgar mol-qo'ylarning pullarini o'zining ehtiyoji uchun ishlatib yubordi

Boysun tumanida 2021 yil 24 iyun kuni tumanning "Poygaboshi" mahallasida yashovchi, q.Boboxon va tumanning "Toqchi" mahallasida yashovchi, R.Sevaralar tuman IIBga ariza bilan murojaat qilishib, unda 2021 yil mart oylarida, tumanning "Sho'rsoy" mahallasida yashovchi, X.Shavkat ularning ishonchiga kirib q.Boboxonning 1 bosh xo'kizini 8.500.000 (sakkiz million besh yuz ming) so'mga va R.Sevaraning 3 bosh qo'chqorlarini 3.750.000 (uch million etti yuz ellik ming) so'mga hisoblab olib pullarini o'zining ehtiyojlariga ishlatib yuborganligini bildirgan. 24 iyul kuni X.Shavkatga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech