9 Noyabr 2022 yil
815
Firibgar kredit oluvchiga mulk topib berishni va’da qilib, o‘n ming dollarini o‘zlashtirib ketdi
Termiz shahrida 2022 yil 1 noyabr kuni, shaharning “A.Jomiy” mahallasida yashovchi T.Sardor (ism shariflar o‘zgartirilgan), Sariosiyo tumanida yashovchi, O.Shuxratga bankdan kredit mablag‘i olish uchun garov sifatida mulk topib berishini aytib, unga bir-nechta mulklarni taklif qilishi ortidan, uning ishonchiga kirib, T.Sardordan jami 10 000 (o‘n ming) AQSh dollari miqdoridagi pullarni olib qaytarib bermasdan o‘zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan. 01 noyabr kuni T.Sardorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati