Firibgar "ishga kiritaman!"-deb, pul talab qildi
Termiz shahrida 2021 yil 16 iyul kuni, Termiz tumani "Gulbahor" mahallasida yashovchi, X.Ozoda viloyat IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda o'ziga oldindan tanish bo'lgan, Termiz tumani "Navro'z" mahallasida yashovchi, S.Ma'ruf "O'zbekistontemiryo'llari" AJda ishlovchi tanishlari orqali 600 (olti yuz) AQSh dollari evaziga ishga kiritib qo'yishligini aytib, ushbu pullarni berishini talab qilayotganligini ma'lum qilgan. Holat yuzasidan 16 iyul kuni viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari ishtirokida o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, S.Ma'ruf Termiz shahar "Alpomish" mahallasi hududida, X.Ozodadan 600 (olti yuz) AQSh dollaridan 1.000.000 (bir million) so'm pullarni olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 25 iyul kuni S.Ma'rufga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati