Firibgar xarid qilgan uzum mahsulotining pullarini o‘zlashtirib ketdi
Oltinsoy tumanida 2022 yil 22 noyabr kuni tuman IIB huzuridagi Tergov guruhidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida yashovchi, muqaddam firibgarlik jinoyati bilan sudlangan, Sh.Shoberdi (ism shariflar o‘zgartirilgan) joriy yilning avgust-sentabr oylarida Oltinsoy tumaniga kelib, tumanning “Chep” mahallasida yashovchi, fermer xo‘jaligi rahbari, S.Sanjardan 23.180.000 (yigirma uch million bir yuz sakson ming) so‘mlik va tumanning “Guliston” mahallasida yashovchi, S.Suhrobdan 11.600.000 (o‘n bir million olti yuz ming) so‘mlik uzum mahsulotlarini o‘zaro kelishib sotib olib pullarini 13 sentabr kuniga qadar berishini va’da qilib, shu kunga qadar pullarini bermaganligi aniqlangan. 22 noyabr kuni Sh.Shoberdiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati